Bugun, 14 iyun kuni poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston terma jamoasi va Turkmaniston terma jamoalari ishtirokida “CAFA NATIONS CUP” turnirining ikkinchi tur bahslari bo‘lib o‘tadi. Mamlakatimiz terma jamoasi a’zolari maydonda ko‘k libosda, darvozabonimiz qora libosda harakatlanadi.
Mazkur uchrashuvni bosh hakam sifatida qirg‘izistonlik Nurzatbek Abduqodirov boshqarib boradi. Unga qanotlarda qirg‘izistonlik mutaxassis Sergey Grishchenko va Afg‘oniston vakili Mohid Sharif Sarvari yordam ko‘rsatadi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa eronlik Hasan Akrami zimmasiga yuklangan.
“CAFA Nations Cup 2023″ guruh o‘yinlari 17 iyungacha davom etadi. Guruhlarda 1-o‘rinni egallagan jamoalar 1-o‘rin uchun finalda ro‘baro‘ kelsa, 2-o‘rinni egallagan jamoalar yarim finalda 3-o‘rin uchun kurash olib boradi. Kecha Qirg‘izistonda o‘tayotgan “CAFA NATIONS CUP“ musobaqasining “B” guruhidagi Eron hamda Afg‘oniston o‘rtasidagi uchrashuv 6:1 hisobida eronliklar foydasiga hal bo‘ldi.
Bugun O‘zbekiston – Turkmaniston o‘yini qatori “A” guruhidagi O‘mon – Tojikiston qarama-qarshiligidagi 2-tur bahslari ham bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, final va 3-o‘rin uchun o‘yinlar 20 iyun kuni poytaxtimizdagi “Paxtakor” va “Bunyodkor” stadionlarida tashkil etiladi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA