Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida sambo bo‘yicha poyoniga yetgan Osiyo-Okeaniya chempionatida O‘zbekiston sambochilari 80 ta medallar shodasiga ega chiqdi.

O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, mamlakatimizning faxriy sambochilar jamoasi 25 ta, para sambochilar 5 ta, o‘smirlar 14 ta, yoshlar 16 ta, kattalar terma jamoasi vakillari 20 ta sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Ostonada o‘tgan yoshlar, o‘smirlar, faxriylar, para sambochilar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo-Okeaniya chempionatida 30 ga yaqin davlatning 600 dan ziyod sambochilari qatnashgan bo‘lsa, mamlakatimizning 110 ga yaqin vakili chempionatda omadini sinab ko‘rdi.

E’tiborli jihati, ularning 80 nafari g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi. Bu, yurtimiz sambochilarida g‘alabaga bo‘lgan iroda kuchli ekanligidan dalolat.

T. Ro‘ziyev, O‘zA