Nukus shahridagi Respublika o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabida basketbol bo‘yicha qizlar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionati yakuniy IV tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Chempionat yakuni bo‘yicha Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) jamoasi barcha o‘yinda g‘alaba qozonib, faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni maydon egalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi, uchinchi o‘rinni Navoiy viloyatining “Sagdiana” jamoasi qo‘lga kiritdi.
Chempionat yakuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirda g‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Dovud ABIBULLAEV,
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA