Shimoliy Koreya Xalqaro dengiz tashkilotini 31 may-11 iyun oralig‘ida birinchi razvedka sun’iy yo‘ldoshi uchirishni rejalashtirayotganidan xabardor qildi. Bu haqda mazkur tuzilmaga tayanib, “Yonhap” yozgan.

KXDR rasmiy xabarida esa, jumladan, “Sun’iy yo‘ldosh uchirilishi bilan bog‘liq ma’lumot Yaponiya qirg‘oq-qo‘riqlash xizmatiga yetkazildi”, deyilgan.

Xalqaro dengiz tashkilotining Londondagi bosh qarorgohiga kelgan elektron xatda KXDR va Janubiy Koreya vaqti bilan 31 may yarim tundan 11 iyun yarim tungacha bo‘lgan davr sun’iy yo‘ldosh uchirilishi vaqti sifatida ko‘rsatilgan.

Maktubda raketa qismlari yoki blogi bo‘laklari tushishi ehtimoli mavjud uchta joy ham ko‘rsatilgan.

“Yonhap” ta’kidlashicha, Pxenyan ilk bor 2016 yil Xalqaro dengiz tashkilotini sun’iy yo‘ldosh uchirishi haqida xabardor qilgan edi. Nashr qayd etishicha, mazkur tuzilmaga a’zo davlatlar bunday rejalar yuzasidan tashkilotni xabardor qilishi shart emas.

O‘zA