Qonunga ko‘ra, alkogol va tamaki mahsulotlarini quyidagi holatlarda realizatsiya qilish taqiqlanadi:
Tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan mahsulotlar, qizdiriladigan tamaki mahsuloti, elektron sigaretalar, veyplar, nikotin suyuqliklari, chilim uchun mo‘ljallangan qorishmalar tamaki mahsulotlariga tenglashtiriladi va ularga nisbatan ushbu turdagi mahsulotlarni cheklashga qaratilgan hamma choralar amal qiladi.
O‘zbekiston hududiga chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, jumladan, nikotinli snyus, chaynaladigan tamaki hamda nikotinli shirinliklarni olib kirish va sotish taqiqlanadi.
Tarkibida jozibadorlikni oshirishga qaratilgan moddalar bo‘lgan elektron sigaretalar, ular uchun nikotin va nikotinsiz suyuqliklarni olib kirish va sotish taqiqlanadi;
Savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida tamaki mahsulotlarini ko‘rsatish va ochiq namoyish qilish taqiqlanadi. Ushbu tartib 45 dan ortiq mamlakatlarda amalga oshirilgan. Unga muvofiq, savdo maydonchasida sotiladigan tamaki mahsulotlarining faqat qog‘ozga bosilgan ro‘yxati joylashtiriladi. Mahsulotlarning o‘zi xaridorga ko‘rinmaydigan joyda saqlanadi.
Sigaret qadoqlariga qo‘llaniladigan rasm ko‘rinishidagi tibbiy ogohlantirish hajmi 40 foizdan 65 foizga oshirilmoqda.
Savdo avtomatlari orqali, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish javonlaridan, elektron tijorat ko‘rinishida, masofaviy savdo orqali, shuningdek, ko‘chma savdo orqali, bolalar tovarlari sotiladigan binolarda, o‘yinchoqlar, shirinliklar va boshqa bolalar mahsulotlariga taqlid qilinganda, 21 yoshga to‘lmagan shaxslarga va ushbu yoshdagi shaxslar tomonidan sotish taqiqlanadi.
Hujjat 25 may kuni e’lon qilingan. Unda yozilishicha, qonun talablari hujjat e’lon qilinganidan uch oy o‘tib kuchga kiradi.
O‘zAning shu kabi qisqa videolarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida kuzatib boring.
Farrux Xudoyorov, Iskandar Ismatov (video), O‘zA