“Tashkent city”dagi “Congress Hall” majmuasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining o‘n birinchi s’ezdi davom etmoqda.

Partiyadan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi.

Nomzod kelgusi yillarda 50 ta nufuzli xorijiy brendlar bilan maxsus eksport zonalari tashkil qilinishini ta’kidladi. Shuningdek, tadbirkorlarga «tayyor biznes» shaklida bino berish maqsadida sanoat ipotekasi tizimi to‘liq yo‘lga qo‘yiladi. Har bir tumanda kamida mingta ish o‘rni yaratadigan 2 tadan yangi sanoat zonalari tashkil etiladi. «Ay-ti» xizmatlari eksporti 5 milliard dollarga olib chiqilishi ham ko‘zda tutilgan.

 

O‘zA