O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining navbatdan tashqari Qurultoyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi masala atroflicha muhokama qilindi.

Qurultoyda delegatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Mahmudova Robaxon Anvarovnaning nomzodini qo‘llab-quvvvatladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining nomzodi Robaxon Maxmudova o‘z Saylovoldi dasturining maqsad va vazifalari, ustuvor yo‘nalishlarini Qurultoy qatnashchilari e’tiboriga havola etdi.

M.Komilova, O‘zA