FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi 2-sport maktabida dzyudo bo‘yicha kattalar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan jami 300 nafardan ziyod sportchi 7 vazn toifasida o‘zaro bellashmoqda.
Musobaqaning dastlabki kunida erkaklar o‘rtasida -60, -66 kilogramm, ayollar o‘rtasida -48 va -52 kilogramm vazn toifasida bellashuvlar o‘tkazildi. –Erkaklar bahsida -60 kilogramm vaznda Buxoro viloyatidan Bahrom Botirov, -66 kilogramm vazn toifasida Samarqand viloyatidan Ma’ruf Ahmadov g‘olib bo‘ldi. Ayollar o‘rtasida qoraqalpog‘istonlik sportchilar – Gulnur Murodboyeva -48 kilogramm vaznda va Umida Jumaniyozova -52 kilogramm vazn toifasida yuqori natija ko‘rsatdi.
G‘olib sportchilar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Musobaqa 31 may kuniga qadar davom etadi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA