Majburiy mehnatga jalb etilgan xodimlar ta’magirlikka qo‘l urishga majbur

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda. 

Toshkent shahar Sergeli tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari o‘z hisobidan pul yig‘ib, obodonlashtirish ishlariga majburan jalb etilgan. Bu kabi holatlar Andijon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Farg‘ona viloyatlarida ham kuzatilgan.

Bosh vazir o‘z yonidan pul ishlatgan ijtimoiy soha xodimlari bu mablag‘ni qaytarish uchun ta’magirlikka borishga majbur bo‘layotganini ta’kidladi.

 

O‘zA