Bugun, 3-may kuni quyoshning ultrabinafsha nurlanish indeksi 12 balli shkalada 10 ball bo‘lishi kutilayotganligining prognoz qilinishi ijtimoiy tarmoqlarda vahimali muhokamalarga sabab bo‘ldi. Biroq, aslida ham bu quyoshning xavfli darajada nur sochishi hisoblanadi. Bu hodisa yer yuzi va aholi salomatligiga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatadi?
Ma’lumotlaraga ko‘ra, ultrabinafsha nurlar quyosh nurlari spektorining atigi 5 foizini tashkil etadi va bu nurlar immun tizimi me’yorida ishlashini ta’minlaydi, kasalliklarga sabab bo‘luvchi bakteriyalarga qarshi kurashadi, tananing endokrin tizimini yaxshilaydi. Biroq, bu ko‘rsatkich ortib ketsa, inson hayotiga xavf solishi mumkin.
Xo‘sh, ultrabinafsha nurlari qanday omillarga ko‘ra yuzaga keladi va yer yuzi, unda yashovchi aholiga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatadi?
Ushbu savol bilan O‘FA Astronomiya instituti katta ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari nomzodi — Chori Sherdanov ma’lumot berdi.
M.Eshmirzayeva, D.Yakubov (video), O‘zA