O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 23 martdagi farmonida mamlakatimiz hududiga olib kirishda bojxona bojining vaqtinchalik nol stavkasi qo‘llaniladigan tovarlar ro‘yxati e’lon qilingan edi.

Ayni shu jarayondan kelib chiqib, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ekspertlari oxirgi haftada O‘zbekiston supermarketlarida iste’mol tovarlari narxidagi o‘zgarishni tahlil qildi.

Tahlil uchun supermarketlardagi 100 turdagi 6 ming 483 ta iste’mol tovari bo‘yicha statistik ma’lumotlar web-scraping yo‘li bilan yuklab olindi. Har bir tovar turi bo‘yicha 2023 yilning 7, o‘n 14 va 20 aprelidagi narxlar solishtirildi.

Natijalar shuni ko‘rsatadiki, baliq mahsulotlari 14 aprelda 7 apreldagiga nisbatan o‘rtacha 188 so‘mga, 21 aprelda esa 7 apreldagiga nisbatan 3400 so‘mga, mevalar tegishli ravishda 36 so‘mga va 393 so‘mga, tort va shirinliklar 126 so‘mga va 257 so‘mga, un 333 so‘mga va 1375 so‘mga arzonlashgan, deyiladi tahlilda.

Nasiba Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA