Davlatimiz rahbarining Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash, aholining bayramni yuksak saviyada o‘tkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Orolbo‘yida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani bo‘limi tashabbusi bilan tuman hokimligi, “Dehqon bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyati, prokuratura bilan hamkorlikda ko‘chma savdo yarmarkasi tashkil etildi. 3-sektor tasarrufidagi “Jayhun” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilgan yarmarkadan ko‘zlangan maqsad savdo rastalarini asosiy turdagi oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash, narxlarning asossiz oshib ketishining oldini olish, aholiga yanada qulay sharoit yaratishdan iborat.

Bayram kunlarida joylarda ko‘chma savdo yarmarkalari davom etmoqda.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA