Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi.
Fuqaro M.O. fuqaro Yu.E.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qiladi. Shuning evaziga 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.