2024 yilgi Olimpiya o‘yinlarining tashkiliy qo‘mitasi kutilmagan qaror qabul qildi.

Qo‘mita musobaqa dasturidan o‘rin olgan marafon va 10 kilometrga yugurish bahslarining vaqtini kechqurunga belgiladi. Unga ko‘ra, marafonchilar mahalliy vaqt bilan 21:00 da, 10 kilometr masofada bellashadigan atletlar esa 23:30da Parijning markaziy ko‘chalari bo‘ylab startga chiqishadi.

Odatda uzoq masofalarga yugurish bahslari erta tongda start olar edi.

Tashkiliy qo‘mita bu orqali atletlarni kuzatilishi mumkin bo‘lgan jaziramadan saqlashni maqsad qilgan. Tashkiliy qo‘mita qaroriga binoan har ikki dastur 2024 yilning 10 avgust kunida bo‘lib o‘tadi.

O‘zA