Mamlakatimizda ot sporti turlarini rivojlantirish, uning moddiy texnika bazasini mustahkamlash borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar natijasida o‘zbekistonlik chavandozlarning xalqaro musobaqalardagi ishtiroki ortib bormoqda.

Yaqinda Nurjon Tuyakboyev AQSHda, Abdurahmon Abdullayev Italiyada o‘tkazilgan nufuzli musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qilgan edi.

Bu gal chavandozlarimizning nigohi Belgiya ot sporti maydonlariga qaratildi. Terma jamoamiz a’zosi Bekzod Ro‘zmuhammedov «Emerald Eb» laqabli tulporda ushbu davlatda o‘tayotgan xalqaro musobaqada ishtirok etmoqda.

Olimpiya o‘yinlari qatnashchilari, xalqaro musobaqalarning sovrindorlari ishtirokidagi turnir 23 aprelga qadar davom etadi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA