Bundan 25 yil muqaddam mamlakatimiz poytaxti Toshkentda 28 ta davlat vakillari ishtirokida tashkil etilgan Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) Xalqaro test agentligi (ITA) bilan kurash sportini rivojlantirish, uning ta’lim tizimini doping qoidabuzarliklaridan himoya qilish maqsadida uch yillik hamkorlik kelishuviga erishildi.
Bu haqda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tizimidagi internet-saytida xabar qilindi. Kurash O‘zbekistonda paydo bo‘lgan qadimiy xalq o‘yin turi bo‘lib, o‘zbek tilida «maqsadga halol erishish» degan ma’noni anglatadi.
bugungi kunda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tizimida 120 dan ziyod milliy federatsiyalar faoliyat yuritmoqda.
Kelishuvga muvofiq, ITA IKA tizimidagi musobaqalardan olingan testlarni musobaqa paytida ham, undan tashqarida ham o‘tkazadi, ular sport xususiyatlarini tahlil qilganda xatarlarni boshqarishga asoslangan bo‘ladi.
ITA sportchilarning biologik pasportlari va terapevtik foydalanish ruxsatnomalarini boshqaradi va yig‘ish sanasidan keyin 10 yil ichida ma’lumotlarni qayta tahlil qila oladigan uzoq muddatli namunalarni saqlash strategiyasini boshqaradi.
– Men IKAning ITAga o‘z sportchilarini himoya qilishni ishonib topshirish qarorini olqishlayman, – dedi ITA bosh direktori Benjamin Koen. – Dopingga qarshi kurash bo‘yicha katta tajribamizdan tashqari, biz kurashchi sportchilar foydalanishi mumkin bo‘lgan tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaymiz.
T.Ro‘ziyev, O‘zA