Marg‘ilon shahrida joriy yilning 8-12 aprel kunlari oliy va birinchi ligadagi ayollar jamoalari o‘rtasida basketbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Murabbiy Jahongir Xodjayev boshchiligidagi OKMK basketbol jamoasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, “So‘g‘diyona” FSK(Navoiy), Toshkent jamoalari bilan bahs olib bordi.
8 aprel kuni 1-o‘yinda OKMK jamoasi 82-26 hisobida g‘alaba qozondi. 9 aprel kuni esa Toshkent jamoasi 104-60 hisobida mag‘lub etildi.
10 aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi bilan o‘tkazilgan 3-o‘yinda OKMK jamoasi a’zolari 87-64 hisobida zafar quchdi.
11 aprel kuni “So‘g‘diyona” FSK bilan kechgan 4-o‘yinda OKMK jamoasi yirik 113-29 hisobidagi g‘alabani o‘z hisoblariga yozib qo‘ydi.
12 aprel kuni poytaxtliklar bilan o‘tkazilgan 4-o‘yinda ham OKMK basketbolchi ayollari 79-48 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Shunday qilib barcha uchrashuvlarni g‘alaba bilan yakunlagan OKMK jamoasi 20 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, murabbiy Jahongir Xodjayev shogirdlarining hisobida 10 karra mamlakat chempionligi, 13 karra O‘zbekiston kubogi va 8 karra O‘zbekiston mustaqilligi kubogi kabi yutuqlar bor.
OKMK Axborot xizmati, O‘zA