Turkiya futbol bo‘yicha 2028 va 2032 yilgi Yevropa chempionatini o‘tkazishga da’vogarlik qiladi. Bu haqda Turkiya futbol federatsiyasi UEFAga rasmiy ariza topshirdi.
“Yevro-2028” mezbonligiga turkiyaliklardan tashqari Buyuk Britaniya – Irlandiya hamkorligi da’vogarlik qilayotgan bo‘lsa, “Yevro-2032” musobaqasini o‘tkazish uchun Italiya asosiy nomzod sanaladi.
“Yevro-2028” va “Yevro-2032” uchun aynan qaysi mamlakatlar mezbonlik uchun kurash olib borishi va nomzod hisoblanishi masalasida UEFAning oktyabr oyida o‘tkaziladigan Ijroiya qo‘mitasida qaror qabul qilinadi, deyiladi xabarda.
O‘zA