FOTOREPORTAJ
Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi respublika olimpiya zaxiralari tennis kortlarida “Billi Jin King” kubogining Osiyo va Okeaniya birinchi guruhidan o‘rin olgan o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
Tennis maktabining 3 ta kortlarida davom etayotgan musobaqalarda vakilalarimizning mag‘lubiyatdan boshlari chiqmay qoldi. Yakkalik bahslarida Sabrina Olimjonova va Sevil Yo‘ldosheva barcha raqibalariga imkoniyatni boy berishyapti. Juftlik bahslarida ishtirok etayotgan Maftunabonu Qahramonova va Ominaxon Valixonovadan ham omad yuz o‘girgan. Oldin Xitoy, keyin Hindiston, bugun esa yaponiyalik tennischi qizlar hamyurtlarimizning boshini egib qo‘yishdi.
Musobaqalar 15 aprelga qadar davom etadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA