Qozog‘istonning Almati shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar, yosh qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo kubogida mamlakatimiz dzyudochilari umumiy hisobda 18 ta medallar shodasini qo‘lga kiritdi.
10 ta davlat terma jamoasi ishtirok etgan musobaqada yosh qizlardan iborat terma jamoamiz 2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
O‘g‘il bolalar esa 3 ta oltin, 3 ta kumush hamda 5 ta bronza medaliga ega chiqqan holda umumjamoada 2-o‘rindan joy oldi, deyiladi O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabarida.
T.Ro‘ziyev, O‘zA