O‘q otish sporti bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari “Parij–2024” Olimpiadasining reyting ochkolarini qo‘lga kritish uchun Peru poytaxti Lima shahriga yo‘l oldi.
Hamyurtlarimiz 9-11 aprel kunlari Janubiy Amerika ochiq chempionati, 11-22 aprel kunlari jahon kubogi bosqichida sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi.
Qayd etish joiz, jahon kubogi bosqichi “Parij–2024” Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun reyting ochkolarini taqdim etadigan musobaqa sifatida dunyo merganlari uchun ahamiyatlidir.
Terma jamoamiz a’zolaridan Vadim Skorovarov, Javohir Sohibov, Madinabonu Pardaboyeva, Gulbonu Qambarbekova 10 metrga pnevmatik miltiqdan o‘q otish dasturida, Muhammad Kamolov, Vladimir Svechnikov, Umidbek Kamolbekov, Sitora Ergashboyeva va Iroda Azimboyeva ham xuddi shu masofaga pnevmatik to‘pponchadan o‘q otish yo‘nalishidagi bahslarda ishtirok etadi, deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.
T. RO‘ZIEV, O‘zA