FOTOREPORTAJ
Nukus shahrida xotin-qizlar o‘rtasida sportning kurash turi bo‘yicha respublika turniri bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Kurash federatsiyasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada shahar va tumanlardan 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan jami 100 nafar ishtirokchi o‘zaro kuch sinashdi.
G‘oliblar 10 vazn toifasida aniqlandi. Ularga tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA