Ayni kunlarda Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Batorda xokkey bo‘yicha U-17 yosh toifasida Osiyo chempionati bashlari bo‘lib o‘tmoqda.
Qit’aning 6 ta jamoasi ishtirok etayotgan chempionatning ilk bahsida O‘zbekiston terma jamoasi Turmaniston vakillari bilan ro‘baro‘ keldi.
Kecha, 11 mart kuni o‘tkazilgan 1-tur uchrashuvida hamyurtlarimiz turkmanistonlik tengqurlariga imkoniyat qoldirmadi. Bu, hisobda ham aks etdi – 5:0.
Iste’dodli xokkeychi yoshlarimizdan Albert Dadaxo‘jayev, Jasurbek Rustamxonov va Abduqayum Abduvosiqov kiritilgan shaybalar muallifi bo‘ldi. Hamyurtimiz Jasurbek Rustamxonov mazkur uchrashuvning eng yaxshi xokkeychisi, deb topildi.
Qit’a chempionatining navbatdagi 2-turida terma jamoamiz a’zolari Eron jamoasi bilan kuch sinashadi.
Musobaqalar 17 martga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA