Xalq deputatlari Kegeyli tumani Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi rahbari B.Iskenderov 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan Kegeyli tumanidagi 1-umumta’lim maktabida o‘quvchilarga rus tilidan dars berayotgan rossiyalik Alekseyeva Yuliya Uralovnani bayram bilan tabrikladi.
Yuliya Alekseyeva “Umnыy klass” loyihasi doirasida 2022-2023 o‘quv yili uchun bir yilga shartnoma asosida tumandagi 1-umumta’lim maktabida rus tilidan o‘quvchilarga dars bermoqda. Yuqori tajribaga ega Yuliya Alekseyeva avval Turkiya, Angliya va Fransiya davlatlari maktablarida o‘quvchilarga dars bergan.
Mazkur maktabda 770 nafar o‘quvchi bilim olayotgan bo‘lsa, ularga 96 nafar pedagog o‘qituvchi ustozlik qilib kelmoqda. Bayram munosabati bilan deputat ham Alekseyeva Yuliya Uralovnani tuman yoshlarining bilim olishida tinmay mehnat qilayotganligiga tashakkur bildirdi.
Dovud ABIBULLAEV,
O‘zA muxbiri