FOTOREPORTAJ

Ayol – oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rkidir. bugungi kunda ayollarning jamiyatdagi o‘rni tobora mustahkamlanib bormoqda. Ular xalq xo‘jaligining barcha sohalarda samarali mehnat qilyapti.

Shu o‘rinda qoraqalpog‘istonlik ayol va qizlarning yurtimiz farovonligi, xalqimiz ravnaqi, sog‘lom va barkamol avlod tarbiyasi, oila va jamiyat asoslarini mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlarini e’tirof etish joiz.

Ayol zoti, uning qanday tengsiz latofat va nafosat sohibasi, ezgulik va fidoyilik ramzi, xonadonlarimizning fayzu farishtasi ekanligi haqida tariximizda ulug‘ mutafakkirlar, shoir va allomalar qanchadan-qancha dil so‘zlarini bayon etgan. Barchamizga tanish “Jannat onalar oyog‘i ostidadir”, degan hikmatli so‘zlar ona siymosiga berilgan eng munosib bahodir.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA