Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 8 iyundagi «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonunda belgilab qo‘yilgan tartib-qoidalarga muvofiq, joriy yilning 28 fevralidan mamlakatimizda yovvoyi hayvonlar va qushlarni ovlash uchun ov mavsumi yakunlandi. Shu munosabat bilan barcha ovchilar ov yo‘llanmalarini 10 kun muddatda O‘zbekiston Ovchi va baliqchilar sport birlashmalari va uning hududlaridagi bo‘linmalariga qonunda belgilangan tartibda topshirishlari lozim.
Shu o‘rinda yurtdoshlarimizdan ov qilish mavsumi tugagan davrda tabiatga yanada ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishlari so‘raladi. Bu borada qonun buzilishiga duch kelinsa, Tabiat resurslari vazirligining 11-57 ishonch raqamiga yoki hududiy boshqarmalarga xabar bering, deyiladi Tabiat resurslari vazirligi xabarida.
O‘zA