O‘tgan 2022 yil davomida davlat arxivlari saqloviga vazirlik va idoralar hamda tashkilotlardagi Milliy arxiv fondiga tegishli 195,2 ming saqlov birligidagi boshqaruv hujjatlari qabul qilingan hamda tashkilot va korxonalarning 408,3 ming saqlov birligidagi arxiv hujjatlari shartnoma asosida tartibga keltirilgan.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkil etilgan brifingda «O‘zarxiv» agentligi axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston milliy arxivida saqlanayotgan tarixiy davr (1917 yilgacha) bo‘lgan arxiv hujjatlaridan 10 ta fonddan jami 56 ta yig‘majild o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarilgan.

Jumladan I-1 «Kanselyariya Turkestanskogo general gubernatora» (1868-1917 y.) fondining 26-ta: I-3 «Rossiyskoye imperatorskoye politicheskoye agentstvo v Buxare»; I-5 «Kanselyariya nachalnika Zeravshanskogo okruga», I-16 «Upravleniye pereselencheskim delom v Sыr-Darinskom rayone» ; I-19 «Ferganskoye oblastnoye upravleniye», I-46 «Upravleniye Turkestanskogo tamojennogo okruga»; I-194 «Patta Gisarskaya tamojnya», I-278 «Tovari prokurora Samarkandskogo okrujnogo suda po Samarkandskomu uchastku», I-715 «Podgotovitelnыye materialы k sostavlennoy polkovnikom A.G.Serebrennikovыm publikatsii dokumentov «Turkestanskiy kray. Sbornik materialov dlya istorii yego zavoyevaniya» va I-722 «Shtab Turkestanskogo voyennogo okruga» fondlaridagi 56 ta yig‘ma jild o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarilgan va tadqiqotchilar uchun ilmiy muomalaga kiritilgan.

Shuningdek, R-314 «Upolnomochennыy upravleniya po evakuatsii naseleniya pri Sovete Narodnыx Komissarov UzSSR» fondi va R-837 «Sovet Narodnыx Komissarov UzSSR» fondlarining 603 ta varaqdan iborat arxiv hujjatlari o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarilgan. bugungi kunda ushbu hujjatlardan hech qanday to‘siqsiz foydalanish mumkin.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, davlat arxivlari tomonidan 2023 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra jami 880,9 ming saqlov birligidagi 53,0 million kadr raqamlashtirilgan.

Kelgusida Arxiv.gov.uz idoraviy elektron arxiv axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish ustida ishlar olib borilmoqda.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA