20 fevral, tungi soat 20:07 da Turkiyaning Hatay viloyatida yana 6,4 balli zilzila sodir bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya – Suriya chegarasidagi Hatay viloyatining Samandag‘(5,8 ball) va Defne(6,4 ball) shaharlari zilzila o‘chog‘i bo‘lgan.

Ayni paytda turk aholisi uchun navbatdagi xavf: Iskandarunda dengiz sathi ko‘tarila boshlagani,  dengizga yaqin hududlar sunami havfidan ogohlantirilayotgani aytilmoqda.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Hatay 6,4 magnitudali zilziladan keyin bir soat ichida 12 marta silkingan.

Sodir bo‘lgan daxshatli zilzila kameralarga tushib qolgan.

Hududlar elektr tarmog‘idan uzilgan. Qulagan binolar ichida odamlar bor.

Zilzila oqibatida Turkiyaning Samandag‘ shahrida (Hatay viloyati) boshiga beton bo‘lagi tushib ketgan ayol kishi halok bo‘ldi. Defne shahrida kamida 4 kishi vayronalar ostida qolib ketgan, deya xabar berdi CNN Türk telekanali.

Vitse-prezident Fuat Oktay o‘z bayonotida Turkiya janubi-sharqida kamida 8 kishi yangi zilzila oqibatida jarohatlanganini aytdi.

Suriyaning Halab shahrida esa ushbu zilzila oqibatida kamida 6 inson jarohat olgan.