Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Anqarada AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenni qabul qildi, deb xabar berdi “Anadolu” agentligi.

“Tadbir poytaxtning “Esenboga” aeroporti mehmonlar zalida yopiq eshik ortida bo‘lib o‘tdi”, deyiladi xabarda.

Blinken tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bilan ham muzokara o‘tkazgan edi.

Suhbat chog‘ida respublikada sodir etilgan zilzila oqibatini bartaraf etish, Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga qabul qilinishi jarayoni, Ukraina atrofidagi ziddiyat va ikki tomonlama munosabatni rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.

Davlat kotibi “NATO bo‘yicha ittifoqdosh va do‘st Turkiyaga “F-16” samolyotlarini sotish masalasini hal etish, uchoqlarni zamonaviylashtirish jarayoni jadal davom etayotganini” aytdi.

Chavusho‘g‘li hamkasbining mamlakat janubi-sharqida sodir etilgan zilziladan keyin ikki marta telefon qilib, AQSH har qanday yordamga tayyorligi to‘g‘risidagi bayonotini yodga olib, Blinkenga takror minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, TIV rahbari AQSH tomonidan turli sohalar yuzasidan Turkiya oldidagi mavjud majburiyatlar bajarilishiga ishonishini ma’lum qildi.

O‘zA