Turkiya hukumati zilzila va uning oqibatlari haqida feyklarga qarshi kurash hamda shubhali xabarlarni tekshirib ko‘rish uchun maxsus servisni ishga tushirdi. Bu haqda Anadolu agentligi Respublika Prezidenti administratsiyasining kommunikatsiyalar bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Faxrettin Altunga tayanib yozmoqda.

“Odamlarning foydalanishi uchun yolg‘on xabarlar haqida ma’lum qiluvchi servis ishga tushirildi”, – degan Faxrettin Altun agentlik bergan xabarda.  

“Siz ilovani telefoningizga yuklab olishingiz va zilzila haqida to‘qib chiqarilgan va tarqatilayotgan shubhali yoki yolg‘on xabarlar haqida ma’lum qilishingiz mumkin”, deyiladi xabarda.