Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 3 fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechqurun yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-4, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq  bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10, ayrim joylarda 12-14 darajagacha iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1 daraja sovuq,  4 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12  metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim hodisalar  

2 fevral kuni respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamolning tezligi 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

2 fevralda respublika bo‘ylab vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik, asosan,  yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi. Shuningdek, Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarining ba’zi joylarida kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida kuchli yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor)  bo‘ladi.

Kutilayotgan kuchli yomg‘irlar tufayli 2-3 fevral kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

2-6 fevral kunlari respublika hududlari bo‘ylab qor ko‘chishi xavfi bor.

 

O‘zA