Energetika vazirligining matbuot xizmati avval xabar qilganidek, sovuq kunlarda tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’ektlariga yetkazib berish uchun avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan edi.

bugungi kunda gaz quvurlarida bosimning me’yorga kelishi natijasida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlash imkoni yaratilmoqda.

Shu sababli, joriy yil fevraldan boshlab mahalliy hokimliklar tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat asosida AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.

AGTKSHlarning faoliyat yuritish vaqti hududlar sharoitidan kelib chiqqan holda mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan tarzda amalga oshiriladi.

AGTKSHlar faoliyatidagi vaqt cheklovlari gaz quvurlarida bosimning ko‘tarilib borishiga mos ravishda o‘zgartirib boriladi.

 O‘zA