Toshkent tibbiyot akademiyasining Markaziy ilmiy-tadqikot laboratoriyasida Roch Diagnostics kompaniyasi (Shveysariya) tomonidan trening tashkil etildi.

Unda O‘zbekistonda ilk marotaba Tibbiyot akademiyasida ishga tushayotgan immunogistokimyo laboratoriyasi haqida so‘z yuritildi. Ta’kidlanganidek, bu laboratoriya onkologik kasalliklarni aniqlashda lozim bo‘lgan immunogistokimyoviy tadqikotlarni yo‘lga qo‘yishga yunaltirilgani bilan ahamiyatlidir.

Treningda akademiya ilmiy xodimlari, Respublika patologik anatomiya ilmiy markazi mutaxassislari va talabalar ishtirok etdi.

Ishtirokchilar Ventana Benchmark Ultra uskunasida ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘ldi. Sut bezi saratoni to‘qimasi na’munasida immunogistokimyoviy reaksiya o‘tkazib, ilk natijalarni qo‘lga kiritdi.

 

M.Qosimova,  

O‘zA