“Vatanparvar” tashkiloti Jizzax viloyati texnik va amaliy sport turi rahbari O.R. fuqarolar K.Q. va U.T.ga haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 1,1 ming AQSH dollari olgan.

Shu vaqtda ular Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departament hamda DXXning To‘rtko‘l tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.J boshqa bir fuqaro D.B.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 450 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Ishtixon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Vatanparvar” tashkiloti Ishtixon tumani o‘quv sport texnika klubi xodimlari I.A. va B.S. fuqaro A.X.ga haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga uning 3 million so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Departament matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

O‘zA