Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi harbiy qismlarning birida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan 20 yoshli yigitning vafot etgani yuzasidan xabar tarqaldi.

Holat yuzasidan Qurolli Kuchlar Sud tibbiy ekspertiza markazi mutaxassislari tomonidan tibbiy ekspertiza o‘tkazilgan hamda Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tekshirish natijasi haqida qo‘shimcha axborot taqdim etiladi, – deyiladi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabarida.