O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining hududini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanidagi 22,3 gektar, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan 37,4 gektar bo‘sh turgan yaylov va lalmi yer uchastkalari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkaziladi.

59,7 gektar yer hisobiga “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududi kengayadi.

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasining muvaffaqiyatli tajribasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida yangi ish o‘rinlari paydo bo‘ladi va aholi daromadlari oshishiga imkon paydo bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Qashqadaryo viloyati hokimligi ikki oy muddatda “Urgut” erkin iqdisodiy zonasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi va Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi hududlari bosh rejalari Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqib, tasdiqdan o‘tadi.

O‘zA