O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘zaro savdo-sotiq amaliyotlari uchun eTIR – tashish bo‘yicha yagona tranzit ruxsatnomalar tartibini joriy qildi. Bu tomonlarni byurokratik qog‘ozbozlikdan ozod etadi, deb yozmoqda Qirg‘izistonning “Kabar” agentligi.

Xabarda ikki mamlakatning o‘zaro savdo-sotig‘ida yangi elektron tizimlarning joriy qilinishiga   BMT ko‘maklashgani aytilmoqda.

O‘zbekiston ilk bor o‘zining eksportga chiqarilgan yukini raqamli rasmiylashtirishdan o‘tkazdi. Toshkentdan Bakuga samolyotda quruq mevalar va sarhil mevalar yuklangan to‘rtta konteyner yetkazildi.

Yevropa iqtisodiy komissiyasi mazkur yangi tizimni xalqaro tashishlarda raqamli davr boshlangani bilan izohlamoqda, deyiladi xabarda.