Qozog‘iston Konstitutsiyaviy sudi “Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Yelbashi to‘g‘risida”gi qonunni o‘z kuchini yo‘qotgan, deb topish haqida qaror qabul qildi. Tegishli me’yoriy-huquqiy qaror KSning veb-sahifasida e’lon qilingan.

 2022 yil 5 iyul kuni Qozog‘istonda konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tgan edi. O‘zgarishlardan biri – davlat rahbari Nursulton Nazarboyevning maqomi va vakolatlari haqidagi moddaning, shuningdek, unda ketma-ket ikki martadan ortiq davlat rahbari lavozimiga saylanishiga imkon beruvchi moddaning bekor qilinishi bo‘ldi.

Bundan tashqari, Nazarboyevning millat yetakchisi maqomining o‘zgarmasligi to‘g‘risidagi norma chiqarib tashlandi.

Mazkur o‘zgarishlar bo‘yicha Konstitutsiyaviy sud Qozog‘iston Respublikasining amaldagi qonunlarini saqlab qolish uchun huquqiy asos mavjud emasligi, shu bois ular o‘z kuchini yo‘qotgan, deb topishi to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Qayd qilinishicha, KSning normativ qarori qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi, shuningdek, u yakuniy, deb hisoblanadi va uning ustidan shikoyat qilish mumkin emas.

 

O‘zA