Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Ta’kidlanginidek, sanoat o‘sishi uchun yangi imkoniyatlar va qo‘shimcha moliyaviy resurslar beriladi.

Birinchidan, bank normativlari qayta ko‘rib chiqilib, tijorat banklarida korxonalarga kredit ajratish uchun qo‘shimcha 55 trillion so‘m resurslar ta’minlanadi. Bu – o‘rtacha bitta tumanda 20 million dollarlik investitsiyaga qo‘shimcha resurs, degani.

Eng avvalo, tijorat banklari bilan birga hokimlarni bu pullarni ishlatishga o‘rgatishi kerak. Ko‘p tuman hokimlari tayyor mablag‘ni ishlatishni hali bilmaydi, deb ta’kidlandi yig‘ilishda.

Shu munosabat bilan har bir tuman bo‘yicha qo‘shimcha loyihalar va ularning “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish, avval ishga tushgan 807 ta loyiha hamda past quvvatda ishlayotgan 271 ta korxonani aylanma mablag‘ bilan ta’minlashga topshiriq berildi.

O‘zA