O‘zbekiston va Belarus kinoijodkorlari hamkorligida «O‘zbek qizi» badiiy filmini tasvirga olish ishlari nihoyasiga yetdi.

O‘zbekiston Kinematografiya agentligi ma’lumotiga ko‘ra, ayni kunlarda mazkur filmning montaj ishlari olib borilmoqda. «Sinema of Sentral Asia» kinostudiyasi tomonidan Akbar Bekturdiyev rejissyorligida suratga olingan ushbu film o‘zbek snayper qizining Ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan jasorati va jang maydonlarida kechgan taqdiri haqida hikoya qiladi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, «O‘zbek qizi» filmida rollarni aktyorlar Aysanem Yusupova, Feruza Saidova, Yigitali Mamajonov, Oleg Taktarov, Sergey Lapanitsin, Milana Ivanova va boshqalar ijro etgan.

Postanovkachi operatorlar Husan Alijonov va Maksim Kurovskiy, postanovkachi rassomlar Akmal Saidov, Vitaliy Grigorevich, liboslar bo‘yicha rassom Natalya Odinsova, grim ustasi Alyona Astapich, Galina Ivanova, kaskadyor Roman Korolev, postanovkachi rejissyor Akbar Bekturdiyev, prodyuser Feruza Bekturdiyeva, bosh prodyuser Firdavs Abduxoliqov.

 

O‘zA