Yaponiyaning Aomori shahrida mahalliy IT-kompaniya Tokio elektr kommunikatsiya universiteti bilan hamkorlikda erigan qordan elektr energiyasini olish bo‘yicha sinov loyihasini ishga tushirdi, deb xabar qiladi “Kyodo” axborot agentligi.

Shu maqsadda qor maxsus izolatsiya qilingan avvalgi maktab havzasida yig‘iladi, erishdan olinadigan suyuqlik esa atrofdagi issiq havo hisobiga  bug‘lanib, turbinani harakatga keltiradi.

Shaharning o‘zida keng ko‘lamdagi qor yog‘ishi kuzatilmoqda, mahalliy hokimiyat buning oqibatlarini bartaraf etish uchun ko‘p pul sarflamoqda.  Ilgari shahar ko‘chalaridan tozalangan qor massalari shunchaki dengizga tashlanardi.

 

“Kyodo” axborot agentligi materiallari asosida  G. Abdullayeva  tayyorladi, O‘zA