8 yanvardan boshlab Xitoy koronovirusga qarshi kurash doirasida kiritilgan mamlakatga kirishga qo‘yilgan asosiy cheklovlarni bekor qildi. Bu haqda “Bloomberg” agentligi xabar berdi.
Chet eldan mamlakatga kirib kelayotganlar jo‘nash oldidan 48 soat oldin COVID-19 testini topshirishlari kerak.
Xitoy va Gonkong o‘rtasidagi harakatlanishga qo‘yilgan cheklovlar ham yengillashtirildi, xususan, majburiy karantin bekor qilindi.
Gonkongdan Xitoyga kirish uchun onlayn ro‘yxatidan o‘tishi va ular ham jo‘nashidan oldin 48 soat oldin COVID-19 testidan o‘tishlari lozim.
Avvalroq Xitoy 22 yanvardan boshlab cheklovlarni bekor qilishi haqida ma’lum qilgan edi.
O‘zA