Osiyo Parlament Assambleyasining (OPA) XIII yalpi majlisi 8-10 yanvar kunlari Antalyada Turkiya Buyuk millat majlisi raisi Mustafo Shentop boshchiligida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

“O‘zgaruvchan xalqaro dinamikaga ko‘p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish” deb nomlangan tadbirda 27 davlatdan parlament delegatsiyalari ishtirok etadi.

Muhokamalar OPA Bosh kotibi Muhammad Rizo Majidiy va Mustafo Shentop nutqlari bilan ochiladi.

Sessiya ishida Ozarbayjon, Sharqiy Timor, Eron, Saudiya Arabistoni, Turkmaniston va Yaman parlamentlar rahbarlari qatnashadi.

Iroq, Falastin, Rossiya va Iordaniya delegatsiyalariga vitse-spikerlar boshchilik qilishadi.

O‘zA