Mamlakat kasalxonalarida mazkur kasallik bilan kasallangan bemorlar soni COVID-19 bemorlari soni bilan teng bo‘ldi, hozirda gripp epidemiyasi haqida gapirishga sabab bo‘luvchi barcha tibbiy mezonlar kuzatilmoqda, deyiladi “Sciensano” jamoat sog‘liqni saqlash instituti xabarida.

Gripp bilan parallel ravishda bir qator boshqa kasalliklar, jumladan, koronavirusning yangi – XBB.1.5 subvarianti va respirator-sinsitial virusi ham aylanib yuribdi.

Virusli epidemiya tufayli sog‘liqni saqlash tizimida ish xajmi ortgan: “The Brussels Times” gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, Belgiyada hozirda 70 %  kasalxona yotoqlaridan foydalanish mumkin. Shu bilan birga, mamlakatda hozircha grippga qarshi emlanish mumkin.

G. Abdullayeva tayyorladi, O‘zA