2022 yilning yanvar – noyabr oylari mobaynida jami 619,1 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi dam olish va hordiq chiqarish uchun xorijiy sayohatlarga chiqqan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, dam olish va hordiq chiqarish uchun chet yelga sayohat qilishning eng katta ulushi 10 mamlakat hissasiga to‘g‘ri keladi. Bular Turkiya (220 ming kishi), BAA (99 ming), Saudiya Arabistoni (55 ming), Misr (31,7 ming), Quvayt (14,3 ming), Koreya Respublikasi (10,9 ming), AQSH (9,5 ming), Gruziya (6,8 ming), Hindiston (5,6 ming) va Germaniya (4,2 ming nafar) mamlakatlaridir.

 

O‘zA