Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 109 uy manzili bo‘yicha joylashgan (elektron pochta manzili: farovonsugurta@mail.ru, veb-sayt: www.farovonsugurta.uz) «FAROVON SUGʼURTA» Aksiyadorlik jamiyati 2023 yil «16» yanvar soat 12:00da Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 109 uy manzilda aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish yig‘ilish bo‘lib o‘tadigan manzilda 2023 yil «16» yanvar kuni soat 11:30 da boshlanadi.

Yig‘ilishda ishtirok etish uchun aksiyador va uning vakili shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta), shuningdek aksiyadorning vakili o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ega bo‘lishi lozim.

Aksiyadorlar reyestri quyidagi sanalarga shakllantiriladi:

a) aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun 2022 yil «22» dekabr holatiga;

b) aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun 2023 yil «10» yanvar holatiga.

Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar:

1) Umumiy yig‘ilish reglamentini tasdiqlash va sanoq komissiyasini saylash.

2) «FAROVON SUGʼURTA» AJning 2022 yil 25 avgustda bo‘lib o‘tgan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining kun tartibidagi 10 masala bo‘yicha qabul qilingan qarorni bekor qilish to‘g‘risida.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish va ovoz berish aksiyadorlar yoki ularning vakillari shaxsan ishtirok etish yo‘li bilan amalga oshirilishi belgilangan.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorlangan materiallar bilan Jamiyatning Toshkent sh., Amir Temur ko‘chasi, 109 uy manzilida joylashgan ma’muriy binosida tanishishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun telefon: (78) 147-11-00.

«FAROVON SUGʼURTA» AJ Kuzatuv Kengashi