Qozog‘istonda 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi. E’tiborlisi chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 6 ta kumush va 10 ta bronza medaliga ega chiqdi.
Musobaqada Abdulloh Madaminov, Jahongir Zokirov, Farzona Fozilova hamda Feruza Kazakova o‘z vazn toifasida barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Asilbek Jalilov, Javohir Ummataliyev, Samandar Jalolov, Aysanem Saruarova, Aziza Zokirova, Diyoraxon Abdumannopova kabi bokschilarimiz kumush medal bilan taqdirlandi.
Musobaqa davomida Xo‘janazar Nortojiyev, Sayat Ilyasov, Shavkatjon Boltayev, Fazliddin Erkinboyev, Diyorbek Uralov, Xumorabonu Mamajonova, Mushtariybonu Ibrohimjonova, Mohinabonu Abdullayeva, Xadichabonu Abdullayeva va Oltinoy Sotimboyeva terma jamoamizga bronza medal keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha mazkur musobaqaning yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlarida 7 ta oltin, 3 ta kumush va 12 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA