Mahallangiz hududida farzandlaringiz uchun sport maydonchasi bo‘lishini istaysizmi?
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida respublikamizning barcha tuman, shaharlarining har biriga bittadan sport maydonchasi qurib berish bo‘yicha tanlov o‘tkazilishini e’lon qildi.
Sport maydonchalari ovoz berish yo‘li bilan g‘olib bo‘lgan mahallalarga qurib beriladi.
Ovozlar joriy yilning 10-mayidan 1-iyunigacha tashabbus.sport.uz saytida qabul qilinadi, deyiladi Sport vazirligi xabarida.
T.Ro‘ziyev, O‘zA