Milliy kurashimiz Italiyada an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Sport on Tour” xalqaro ko‘rgazmasidan joy oldi.

Italiya sport vazirligi, mamlakat milliy olimpiya va paralimpiya qo‘mitalari tashabbusi bilan o‘tadigan ko‘rgazma 20 dan ortiq sport turlarini qamrab olgan.

Yakkakurash sport turlaridan voleybolgacha, suzishdan badiiy gimnastikagacha, futbol va boshqa sport turlar bo‘yicha o‘tadigan ko‘rgazma Italiya bo‘ylab 6 ta hududda iyun oyi davomida tashkil etiladi.

Xalqaro sport federatsiyalari, uyushmalar, sohaning yetakchi vakillari va ommaviy axborot vositalari ishtirokida o‘tkaziladigan “Sport on Tour” tadbirlarida Kurashga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar dasturga binoan 15-16-iyun kunlari Rimdagi “Palazetto dello” majmuasida bo‘lib o‘tadi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA