Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lgan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 22 dekabr kuni yurtiga jo‘nab ketdi.

“Toshkent” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, oliy darajadagi muzokaralarda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, yakunda amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama bitimlarning salmoqli to‘plami qabul qilindi.

I.AVVALBOEV, A.ABDULLAEV(surat), O‘zA